Life

Og'riq - sening eng katta ustozing

Og‘riqning ikki turi bor… Inson hayotida ikki xil og‘riq bo‘ladi. Birinchisi seni sindiradigan og‘riq. Ikkinchisi esa seni chiniqtiradigan, kuchliroq va mutlaqo boshqa insonga aylantiradigan og‘riq.…

A
asadbekme
Jul 1, 2026 · 1 min read
Cover image

Og‘riqning ikki turi bor…

Inson hayotida ikki xil og‘riq bo‘ladi.

Birinchisi - seni sindiradigan og‘riq.

Ikkinchisi esa - seni chiniqtiradigan, kuchliroq va mutlaqo boshqa insonga aylantiradigan og‘riq.

Bu o‘zgarishning og‘rig‘i. O‘sishning og‘rig‘i. Taraqqiyotning og‘rig‘i. Oldinga siljish uchun to‘lanadigan narx.

Ammo yana bir og‘riq bor…

Orqaga qarab, “Men bundan ham buyukroq inson bo‘lishim mumkin edi, ammo bo‘lolmadim”, deb afsuslanish og‘rig‘i.

Yolg‘iz qolganingda, yoningda faqat o‘zing, qo‘rquving va o‘zing o‘ldirishga yo‘l qo‘ygan orzularingning armoni qoladi.

Hayotingni o‘z qo‘lingga ol.

Hech kim kelib hayotingni o‘zgartirib bermaydi.

Hech kim.

Og‘riqdan qochma.

Uni qabul qil.

Hatto unga tabassum qil.

Chunki og‘riq - sening haqiqiy maqsading sari ochiladigan eshikning qo‘riqchisidir.

U senga faqat bitta savol beradi:

“Maqsadingga haqiqatan ham chanqoqmisan yoki shunchaki bahona izlaydigan ojiz odammisan?”

Shuni unutma:

Qaysi cho‘qqini zabt etishni niyat qilgan bo‘lsang ham, seni o‘sha cho‘qqiga olib chiqadigan yo‘lni aynan og‘riq quradi.

—
3 viewsReport

Responses (0)

Sign in to leave a response.

Loading responses…