O'zingizga investitsiya qiling!
Eng qimmat aktivingiz siz o’zingiz. Ko’pchilik pulni ko’paytirishga harakat qiladi. Kimdir biznesiga investitsiya qiladi. Kimdir ko’chmas mulk sotib oladi. Kimdir aksiyalarga pul tikadi. Lekin eng…

Eng qimmat aktivingiz - siz o’zingiz.
Ko’pchilik pulni ko’paytirishga harakat qiladi.
Kimdir biznesiga investitsiya qiladi.
Kimdir ko’chmas mulk sotib oladi.
Kimdir aksiyalarga pul tikadi.
Lekin eng yuqori daromad keltiradigan investitsiya ko’pincha e’tibordan chetda qoladi.
Bu - o’zingiz.
Sizning bilimingiz.
Sizning sog’lig’ingiz.
Sizning intizomingiz.
Sizning fikrlash tarzingiz.
Sizning muloqot qobiliyatingiz.
Bu narsalar qanchalik kuchaysa, qolgan barcha aktivlaringizni boshqarish qobiliyatingiz ham shunchalik ortadi.
Pulni yo’qotishingiz mumkin.
Biznes muvaffaqiyatsiz bo’lishi mumkin.
Lekin agar o’zingiz ustingizda ishlashni to’xtatmagan bo’lsangiz, yana boshidan qurish imkoniyatingiz bo’ladi.
Shuning uchun o’zingizdan so’rang:
Bugun men o’zimni kechagidan qimmatroq, yaxshiroq qildimmi?
Bir nechta varaq kitob.
Bir yangi ko’nikma.
Bir soat sport.
Bir muhim tajriba.
Yillar davomida aynan shu kichik investitsiyalar eng katta dividendni beradi.
Chunki hayotdagi eng qimmat kapital - bu sizning o’zingiz.
Shunaqa gaplar.
Responses (0)
Sign in to leave a response.
Loading responses…
Recommended for you



