Technical Interview: Qo'rquvni qanday yengish mumkin?
Technical interview oldidan deyarli har bir dasturchi bir xil hissiyotlarni boshdan kechiradi: qo'rquv, stress, hayajon, o'ziga ishonchsizlik va "javob bera olmasamchi?" degan xavotir. Bu mutlaqo…

Technical interview oldidan deyarli har bir dasturchi bir xil hissiyotlarni boshdan kechiradi: qo'rquv, stress, hayajon, o'ziga ishonchsizlik va "javob bera olmasamchi?" degan xavotir. Bu mutlaqo tabiiy holat.
Lekin shuni unutmang: interviewdan muvaffaqiyatli o'tishning eng muhim omili — o'zingizga bo'lgan ishonchdir.
Ammo ishonch o'z-o'zidan paydo bo'lmaydi. Uni sun'iy ravishda ham yaratib bo'lmaydi.
Haqiqiy ishonchning yagona manbai — bilim va tayyorgarlik.
Siz React, JavaScript, TypeScript, Next.js yoki algoritmlar bo'yicha yetarlicha bilimga ega bo'lsangiz, savollarga javob bera olishingizni bilasiz. Natijada qo'rquv kamayadi, xotirjamlik ortadi va o'zingizni erkin his qila boshlaysiz.
Bilim ortgan sari:
- O'zingizga bo'lgan ishonch oshadi.
- Stress kamayadi.
- Fikrlaringizni aniqroq ifodalay olasiz.
- Interview davomida hayajonni boshqara olasiz.
- Natijada muvaffaqiyatga erishish ehtimoli ham ortadi.
Yana bir juda muhim odat bor.
Har bir qatnashgan interviewingizni tahlil qiling.
Interview tugagach, esingizda qolgan barcha savollarni yozib chiqing:
- Qaysi savollarga yaxshi javob berdingiz?
- Qaysilarida qiynaldingiz?
- Interviewer yana nimalarni kutayotgan edi?
- Ideal javob qanday bo'lishi kerak edi?
Keyin esa har bir savolni chuqur o'rganing va to'g'ri javobini tayyorlang.
Shunda keyingi interviewga kirganingizda avvalgi xatolaringiz takrorlanmaydi. Har bir suhbat siz uchun tajriba bo'lib xizmat qiladi va o'zingizga bo'lgan ishonch yanada mustahkamlanadi.
Esda tuting:
Qo'rquvning davosi — bilim.
Ishonchning poydevori — tayyorgarlik.
Har bir interview esa sizni keyingi muvaffaqiyatga tayyorlaydigan bepul darsdir.
Shunday ekan, interviewdan qo'rqmang. Uni imtihon emas, balki o'zingizni rivojlantirish imkoniyati sifatida qabul qiling. Har bir muvaffaqiyatsiz urinish sizni navbatdagi muvaffaqiyatga bir qadam yaqinlashtiradi.
Bilimga sarmoya kiriting, tayyorlanishni to'xtatmang va o'zingizga ishoning. In shaa Alloh, mehnatingiz albatta o'z samarasini beradi.
Responses (0)
Sign in to leave a response.
Loading responses…



